Londonning «Chelsi» klubi mavsum yakunlanganidan keyin jamoani boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar nomzodini o‘rganishda davom etmoqda. Klub uchun asosiy maqsad Xabi Alonso bo‘lib qolsa-da, rahbariyat boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Guardian Sport nashrining xabariga ko‘ra, «ko‘klar» vakillari «Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola bilan uchrashuv o‘tkazishgan. Londonliklar jamoaning asosiy muammolaridan biri sifatida futbolchilarning jismoniy holati va kuchi yetishmasligini ko‘rishmoqda. Taxminlarga ko‘ra, «olchalar» ustozi bu vaziyatni o‘nglashga qodir.
Bundan tashqari, «Chelsi» mutasaddilari 43 yoshli mutaxassis yuqori saviyadagi jamoada ishlash tajribasiga ega bo‘lmasa-da, top-darajada qiyinchiliklarga duch kelmasligiga ishonishmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Iraola mavsum tugagach, har qanday holatda ham «Bornmut»ni tark etadi. Unga «Kristal Pelas» va «Manchester Yunayted» klublari tomonidan ham qiziqishlar bor.













