Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karvaxal Florentino Peresni tanqid qilgan postga «layk» bosdi (FOTO)

Karvaxal Florentino Peresni tanqid qilgan postga «layk» bosdi (FOTO)

Baho:
+3 | -

«Real» himoyachisi Daniel Karvaxal ijtimoiy tarmoqlarda klub prezidenti Florentino Peresning faoliyatiga nisbatan bildirilgan tanqidga qo‘shildi. Gap shundaki, ispaniyalik futbolchi Cadena COPE jurnalisti Manolo Lamaning postiga «layk» qo‘ygan.

Ushbu postda jurnalist Floretino Peresning yaqinda o‘tkazilgan va shov-shuvlarga sabab bo‘lgan matbuot anjumanidagi chiqishini keskin tanqid ostiga olgan edi. Karvaxal tomonidan bildirilgan bu munosabat Madrid klubi atrofidagi vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «qirollik klubi» 34 yoshli Daniel Karvaxalga yangi shartnoma taklif qilmasligi ma’lum bo‘lgan edi. Shu tariqa, ispaniyalik tajribali himoyachi joriy yozda klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Kiritildi: 12:49, 13.05.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик