Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/06 01:00 Angliya 0-0 Gana
24/06 04:00 Panama 0-1 Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya 1-0 Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya 2-1 Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina 3-1 Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya 0-3 Braziliya
25/06 03:00 Marokash 4-2 Gaiti
25/06 06:00 Chexiya 0-3 Meksika
25/06 06:00 JAR 1-0 Janubiy Koreya
26/06 01:00 Kyurasao - Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador - Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya - Shvesiya
26/06 04:00 Tunis - Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya - AQSh
26/06 07:00 Paragvay - Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya - Fransiya
26/06 23:59 Senegal - Iroq

Pol Skoulz: «Markus Reshfordni endi «Manchester Yunayted»da ko‘rmayapman»

Pol Skoulz: «Markus Reshfordni endi «Manchester Yunayted»da ko‘rmayapman»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning afsonaviy yarim himoyachisi Pol Skoulz ayni damda ijara asosida «Barselona»da to‘p surayotgan Markus Reshford haqida tanqidiy fikr bildirdi. 28 yoshli futbolchining kelasi mavsumni qayerda boshlashi hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

«Men Reshfordni boshqa «Manchester Yunayted» libosida tasavvur qilolmayman. U o‘zining butun harakatlari bilan bu yerda o‘ynashni xohlamayotganini ko‘rsatib qo‘ydi. Markus borini berib o‘ynashni to‘xtatgan edi. To‘g‘ri, unda tezlik va mahorat bor, lekin mehnatsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Bu kibr emas, shunchaki u o‘zi haqida aslida bo‘lganidan ko‘ra yuqoriroq fikrga bora boshladi, shekilli. «MYU»da bunday holat o‘tmaydi. Menimcha, odamlar buni darrov payqashdi», — deya Skoulzning so‘zlarini keltiradi talkSPORT.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Markus Reshford «Barselona» tarkibida Ispaniya chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Uning transfer huquqi hamon ingliz klubiga tegishli, biroq Skoulzning fikricha, futbolchining Manchesterga qaytish ehtimoli juda past.

Kiritildi: 13:08, 13.05.2026.
O'qildi: 1253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик