«Manchester Yunayted» klubi yozgi transfer oynasi oldidan yarim himoya chizig‘ini mustahkamlash borasidagi ishlarini jadallashtirdi. Sky Sports nashrining xabariga ko‘ra, mankunianliklar ayni damda bir yo‘la uch nafar futbolchining transferi ustida bosh qotirishmoqda.
Insaydlarga ko‘ra, «qizil iblislar» «Atalanta» vakili Ederson hamda «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandeshga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, bergamoliklar a’zosi Edersonning «MYU» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aytilmoqda.
Bundan tashqari, «Yunayted» uchun «Brayton» futbolchisi Karlos Baleba hamon asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Klub rahbariyati ushbu transfer bo‘yicha sezilarli ishlarni amalga oshirib bo‘lgan. Mankunianliklar Balebaning transferini JCH-2026 boshlanishiga qadar yakunlashni maqsad qilishgan.













