Kirish Ro'yxatdan o'tish

Florentino Peres «Atletiko»ning yangi xo‘jayinlarini tanqid qildi

Florentino Peres «Atletiko»ning yangi xo‘jayinlarini tanqid qildi

Baho:
+ | -5

«Real» prezidenti Florentino Peres Madridning boshqa bir jamoasi — «Atletiko» atrofidagi vaziyatga munosabat bildirib, klubning yangi egalarini keskin tanqid qildi.

«Men va’da berganimdek, klub aktivlarini uning a’zolariga topshirishni istayman. Klub ularga tegishli. Men «Atletiko»ni boshqarib, keyin uni sotib yuborib, boylik orttirganlar kabi emasman. Men uchun ultras guruhlari emas, klub a’zolari ovoz berishadi», — dedi Peres.

«Real» prezidenti o‘z nutqida joriy yil boshida «Atletiko»ning nazorat paketini (57%) sotib olgan Amerikaning «Apollo» fondini nazarda tutgan. Ma’lumot uchun, ushbu kelishuvdan so‘ng «matraschilar» klubining umumiy qiymati taxminan 2,5 milliard yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:33, 13.05.2026.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик