Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

FIFA JCH–2026 uchun tarkiblarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini e’lon qildi

FIFA JCH–2026 uchun tarkiblarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikaning uch davlati — AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Ushbu mundial futbol tarixida ilk bor yangi formatda, ya’ni 48 ta terma jamoa ishtirokida tashkil etiladi. Taqqoslash uchun, 1998 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan musobaqalarda 32 ta jamoa ishtirok etib kelgan.

Turnir bahslari jami 16 ta shaharda o‘tkaziladi. AQSHning 11 ta (Atlanta, Boston, Dallas va boshqalar), Meksikaning 3 ta (Gvadalaxara, Mexiko, Monterrey) va Kanadaning 2 ta (Toronto, Vankuver) shahri futbol bayramiga mezbonlik qiladi.

FIFA tomonidan tasdiqlangan qoidalarga ko‘ra, terma jamoalarning yakuniy qaydnomasidan 23 nafardan 26 nafargacha futbolchi joy olishi mumkin. Ularning kamida 3 nafari darvozabon bo‘lishi shart.

Tarkiblarni e’lon qilishning muhim muddatlari:

  • 11 may: 35–55 nafar futbolchidan iborat dastlabki kengaytirilgan ro‘yxatni topshirishning so‘nggi kuni.

  • 25 may: Milliy jamoaga chaqirilgan barcha futbolchilar nomini e’lon qilish muddati tugaydi.

  • 25 may — 1 iyun: Federasiyalar 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e’lon qilishi lozim.

  • 2 iyun: FIFA barcha jamoalarning yakuniy qaydnomasini rasman tasdiqlaydi.

Shuningdek, reglamentga ko‘ra, agar biror futbolchi jiddiy jarohat olsa, jamoa o‘zining turnirdagi ilk o‘yini boshlanishiga 24 soat qolgunga qadar uni boshqa o‘yinchi bilan almashtirish huquqiga ega.

Kiritildi: 13:48, 13.05.2026.
O'qildi: 464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик