Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Sud «Real»dan ayblovlarni rasman olib tashladi

Sud «Real»dan ayblovlarni rasman olib tashladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi «Santyago Bernabeu» stadionida o‘tkazilgan konsertlar bo‘yicha sud ishida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Madrid viloyat sudi «qaymoqranglilar»ning apellyasiyasini to‘liq qanoatlantirdi.

Sud qaroriga ko‘ra, stadionda konsertlar tashkil etilishi munosabati bilan na klub rahbariyati va na stadionni boshqaruvchi kompaniya jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Ish rasman yopildi, tergov esa butunlay to‘xtatildi.

Sud qarorida ta’kidlanishicha, shovqin darajasining me’yorda bo‘lishi uchun javobgarlik stadionda tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish bilan shug‘ullangan tashkilotchi kompaniyalar zimmasidadir. Bundan tashqari, sud shovqin me’yorlarining buzilishi o‘z-o‘zidan jinoiy ta’qib uchun asos bo‘la olmasligini qayd etdi.

«Real» ushbu qarordan mamnun ekanligini bildirdi. Klub bayonotida aytilishicha, berilgan da’vo «asossiz bo‘lgan va bosim o‘tkazish vositasi sifatida ishlatilgan».

Kiritildi: 15:37, 13.05.2026.
O'qildi: 270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик