Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» Alonsoning shartlariga rozi bo‘lishga tayyor

«Chelsi» Alonsoning shartlariga rozi bo‘lishga tayyor

Baho:
+2 | -

Madridning «Real» klubi sobiq ustozi Xabi Alonso Londonning «Chelsi» klubiga tayinlanishiga yaqin turibdi. The Touchline nashriga ko‘ra, Alonso «Chelsi»ning Luis Enrike «PSJ»da yaratgan loyihaga o‘xshash rejasiga ishonmoqda.

Biroq, ispaniyalik mutaxassisning asosiy talablaridan biri — tarkib va muhim sport qarorlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishdir. Ta’kidlanishicha, «ko‘klar» rahbariyati bunga rozi bo‘lishga tayyor, chunki ular jamoaning sobiq ustozi Enso Mareska bilan bo‘lgan munosabatlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlashni istashmayapti.

36-turdan keyin «Chelsi» Premyer-liga turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi va yevrokuboklarsiz qolish xavfi ostida. Mavsum yakunishiga ikki tur qolganda londonliklar kuchli yettilikdan to‘rt ochko orqada qolmoqda.

Kiritildi: 15:41, 13.05.2026.
O'qildi: 1099 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик