Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Iroq terma jamoasining besh nafar futbolchisi JCH-2026 uchun AQSH vizasini ololmadi

Iroq terma jamoasining besh nafar futbolchisi JCH-2026 uchun AQSH vizasini ololmadi

Baho:
+ | -

JCH-2026 oldidan Iroq terma jamoasida muammolar yuzaga keldi. Milliy terma jamoaning bir yo‘la besh nafar futbolchisi yirik futbol turnirida ishtirok etish uchun AQSH vizasini ololmadi. Bu haqda Shafaq News nashri Iroq futbol federasiyasi a’zosi G‘olib al-Zameliga tayanib xabar bermoqda.

Turli sabablarga ko‘ra Ibrohim Bayesh, Muhannad Ali, Zayd Tahsin, Haydar Abdul-Karim va Ali Al-Hamadiga viza berish rad etildi.

Qayd etilishicha, Iroq futbol federasiyasi yordam so‘rab FIFAga murojaat qilish niyatida. Mamlakat terma jamoasi futbol mutasaddilari muammoning tezkor yechimini topishda yordam berishidan umid qilmoqda, chunki yuqorida ismlari tilga olingan futbolchilarning aksariyati jamoaning muhim a’zolari hisoblanadi.

Kiritildi: 16:29, 13.05.2026.
O'qildi: 272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик