Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Yamalning JCH-2026da ishtirok etishi haqida bayonot berdi

Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Yamalning JCH-2026da ishtirok etishi haqida bayonot berdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente milliy jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarligi haqida gapirdi va dastlabki ro‘yxat tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, turnir uchun yakuniy ro‘yxatga 26 nafar futbolchi kiritiladi. Shu bilan birga, tayyorgarlik yig‘iniga qo‘shimcha o‘yinchilar ham jalb etiladi. Ular 4 iyun kuni La-Korunya shahrida Iroqqa qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etib, shundan so‘ng terma jamoa qarorgohini tark etadi.

Luis de la Fuentening ta’kidlashicha, terma jamoa shtabi jarohat olgan futbolchilarning holatini diqqat bilan kuzatmoqda. U jamoa yetakchilari Lamin Yamal, Niko Uilyams va Mikel Merino jahon chempionatining ilk o‘yinlarigacha safga qaytishiga ishonch bildirdi.

— O‘ylashimcha, Lamin, Niko va Mikel jahon chempionatining birinchi o‘yiniga tayyor bo‘ladi. Agar bo‘lmasa — ikkinchi yoki uchinchi o‘yingacha tiklanadi. Jiddiy muammolar yo‘q, — dedi murabbiy Sport.es nashriga.

Shuningdek, Luis de la Fuente Gavi va «Barselona» himoyachisi Erik Garsiyaning terma jamoaga chaqirilishi ehtimoli haqida ham fikr bildirdi, ammo aniq ismlarni ochiqlamadi.

— Bizda juda universal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan jamoa bor. Bu — asosiy kuchli tomonlarimizdan biri, — dedi murabbiy.

Murabbiy alohida ravishda darvozabonlar chizig‘iga ham to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ro‘yxatga olti nafar golkiper kiritilgan, ammo jahon chempionatiga faqat uch nafar darvozabon boradi.

— Dunyoning eng yaxshi o‘n darvozabonidan oltitasi — ispaniyaliklar. Turnirga uch nafar golkiper yo‘l oladi va ularning barchasi o‘z klublarida asosiy tarkib futbolchilari hisoblanadi, — deya ta’kidladi Luis de la Fuente.

Mutaxassis David Rayyani alohida e’tirof etdi, shuningdek, Unai Simon, Joan Garsiya va Aleks Remiro nomlarini ham tilga oldi. Uning aytishicha, ular orasidan tanlov qilish juda qiyin bo‘ladi.

Bundan tashqari, murabbiy Kornelyada Misrga qarshi o‘rtoqlik o‘yini vaqtida sodir bo‘lgan irqchilik bilan bog‘liq mojarolarga ham munosabat bildirdi. O‘sha bahsda muxlislar haqoratli shiorlar aytgani xabar qilingan edi.

— Ispaniya irqchi davlat emas. Futboldan zo‘ravonlik va nafratni tarqatish uchun foydalanayotgan insonlar ham futboldan, ham ko‘chalardan chetlatilishi kerak, — dedi terma jamoa ustozi.

Luis de la Fuente 2030 yilgi jahon chempionati finalining ehtimoliy mezboni haqida ham fikr bildirdi. U hal qiluvchi uchrashuv Ispaniyada o‘tishini istashini aytdi, ammo «Santyago Bernabeu», «Kamp Nou» va Kasablankadagi «Hassan II» stadioni o‘rtasidagi bahsda aniq bir arenani qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi.

So‘nggida murabbiy Madridning «Real» klubidagi inqiroz va Joze Mourinyo tayinlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga ham munosabat bildirdi.

— Mourinyo «Real» uchun yechim bo‘ladimi-yo‘qmi, bilmayman. Ammo u buyuk murabbiy, — dedi Luis de la Fuente.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 17:50, 13.05.2026.
O'qildi: 428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик