Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karlo Anchelotti 41 yoshli Tyago Silvani Jahon chempionatiga olib ketmoqchi

Karlo Anchelotti 41 yoshli Tyago Silvani Jahon chempionatiga olib ketmoqchi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Portu» himoyachisi Tyago Silvaning Jahon chempionatiga borish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.

The Guardian nashriga bergan intervyusida italiyalik mutaxassis 41 yoshli futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezayotganini ta’kidladi.

«Ha, Tyago Silva mening Jahon chempionati uchun rejalarimga kiritilgan. U ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda, Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritdi va ayni damda jismoniy holati juda yaxshi. Terma jamoa uchun yetakchilar juda muhim. Baxtimizga, tarkibimizda katta obro‘ga ega bo‘lgan yetakchilar bor», — deydi Anchelotti.

Ma’lumot uchun, Tyago Silva joriy mavsumda «Portu» safida barcha turnirlarda 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning Portugaliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:34, 13.05.2026.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик