«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro London klubining ayrim muxlislari uni «ko‘klar» afsonasi Didye Drogba bilan qiyoslayotganiga izoh berdi.
«Drogba — «Chelsi»ning afsonasi. Ba’zi muxlislar: «Balki biz yangi Drogbani topgandirmiz?» deb hazil qilishadi. Lekin men bu haqda haddan tashqari ko‘p o‘ylamasdan, shoshilmay, o‘z yo‘limdan borishga harakat qilaman», — dedi Joao Pedro TNT Sports va Lance nashrlariga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Didye Drogba «Chelsi» safida 2004 yildan 2012 yilgacha, shuningdek, 2014 yildan 2015 yilgacha to‘p tepgan. Ivuarlik hujumchi London klubi tarkibida 14 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, 4 marta Angliya Premyer-ligasi chempioni bo‘lgan va 2011/12 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.













