Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» muxlislari Arbeloaning qolishini so‘rashmoqda

«Real» muxlislari Arbeloaning qolishini so‘rashmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi muxlislari Alvaro Arbeloaning kelgusi mavsumda ham jamoa boshqaruvida qolishini istashmoqda.

Teledeporte nashrining xabar berishicha, bugun ispaniyalik mutaxassis o‘z avtomobilida «qaymoqranglilar» mashg‘ulot bazasini tark etayotgan vaqtda bir guruh muxlislar uni to‘xtatishgan. Ishqibozlar murabbiyga qarata: «Madrid seni sevadi!» va «Arbeloa, qol!» deya hayqirishgan. Mutaxassis esa muxlislarning bu chorlovlariga tabassum bilan javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Arbeloa joriy yilning yanvar oyida Xabi Alonso o‘rnini egallab, «Real» bosh murabbiyiga aylangan edi.

Madrid klubi La Liganing 35-turida «Barselona»dan mag‘lub bo‘lgach, Ispaniya chempionligi uchun imkoniyatlarni rasman boy berdi.

Kiritildi: 22:13, 13.05.2026.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик