Kirish Ro'yxatdan o'tish

Liga 1. «PSJ» asosiy raqibini mag‘lub etib, Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi (videosharh)

Liga 1. «PSJ» asosiy raqibini mag‘lub etib, Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Fransiya chempionati 2025/2026 mavsumining qoldirilgan 29-tur uchrashuvida «Lans» o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qildi. «Bollar-Delelis» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda parijliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 29-daqiqada Xvicha Kvarasxeliya tomonidan ochildi. 90+3-daqiqada Ibragim Mbaye mehmonlarning ustunligini mustahkamladi.

Ushbu g‘alabadan keyin «PSJ» 76 ochko bilan Fransiya chempionligini muddatidan avval rasman qo‘lga kiritdi. «Lans» esa 67 ochko bilan mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi. Chempionat tugashiga yana bir tur qolgan.

Joriy mavsumda jamoalar 4-tur doirasida ham o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lib, o‘shanda ham «PSJ» 2:0 hisobida zafar quchgan edi.

Keyingi turda «PSJ» «Parij»ga qarshi maydonga tushadi, «Lans» esa «Lion» bilan bahs olib boradi. Liga 1ning 34-tur uchrashuvlari 17 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Fransiya — Liga 1, 29-tur
13 may 2026 yil. Lans. «Bollar-Delelis» stadioni.
«Lans» — «PSJ» 0:2
Gollar: Kvarasxeliya 29, Mbaye 90+3.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:43, 14.05.2026.
O'qildi: 1171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик