Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola Bernardu Silvaning ketishi haqida: «Hayotda almashtirib bo‘lmaydigan hech kim yo‘q, lekin...»

Gvardiola Bernardu Silvaning ketishi haqida: «Hayotda almashtirib bo‘lmaydigan hech kim yo‘q, lekin...»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Bernardu Silvaning yaqinlashib kelayotgan transferi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Portugaliyalik futbolchi chorshanba kuni «Kristal Pelas»ga qarshi bahsda (3:0) 79 daqiqa harakat qilib, «shaharliklar»ning yirik g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. Ma’lumot uchun, Silva shu yozda erkin agentga aylanadi va klubni tark etishi kutilmoqda.

«Futbolda ham, hayotda ham almashtirib bo‘lmaydigan hech kim va hech narsa yo‘q. Har doim boshqa futbolchilar, boshqa sport direktorlari yoki murabbiylar topiladi. Biroq maydondagi va uning tashqarisidagi ahamiyatini hisobga olsak, o‘rnini bosish juda qiyin bo‘lgan o‘yinchilar bor», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda City Xtra.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni «Manchester Siti» Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs Bernardu Silva uchun jamoa sardori sifatida navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritish uchun so‘nggi imkoniyatlardan biri bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 08:42, 14.05.2026.
O'qildi: 969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик