Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lionel Messi «Sinsinnati» bilan bahsdan so‘ng fikr bildirdi

Lionel Messi «Sinsinnati» bilan bahsdan so‘ng fikr bildirdi

Baho:
+ | -

MLS muntazam chempionati doirasida kechgan «Sinsinnati» va «Inter Mayami» bahsida mehmonlar 5:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. «Flamingolar» uchrashuvning ikkinchi bo‘limi yakunida raqib darvozasiga uchta to‘p kiritib, muhim ochkolarni qo‘lga kiritishdi.

Mayami klubi hujumchisi Lionel Messi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mehmondagi yana bir muhim g‘alaba», — deb yozib qoldirdi 38 yoshli argentinalik yulduz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ta’kidlash joizki, Messi ushbu o‘yinda dastlab xet-trik va bitta golli uzatma muallifi sifatida qayd etilgan edi. Biroq uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, MLS rahbariyati Messining uchinchi golini «Sinsinnati» posboni Roman Chelentano nomiga avtogol sifatida qayta rasmiylashtirdi.

Ayni damda «Inter Mayami» 13 o‘yindan so‘ng 25 ochko jamg‘arib, Sharqiy konferensiyada 2-o‘rinda bormoqda. «Sinsinnati» esa 16 ochko bilan 8-pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 08:47, 14.05.2026.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик