Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola Foden va Bernardu Silva o‘rtasidagi asosiy farqni aytdi

Gvardiola Foden va Bernardu Silva o‘rtasidagi asosiy farqni aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachilari Fil Foden va Bernardu Silvani o‘zaro solishtirdi. Angliyalik futbolchi mavsum yakunida klubni erkin agent sifatida tark etadigan portugaliyalikning vorisi sifatida ko‘rilmoqda.

Gvardiolaning fikricha, ikki futbolchi maydonda turlicha vazifalarni bajaradi.

«Ular juda farqli o‘yinchilar. Fil raqib jarima maydonchasi atrofida xavfliroq, Bernardu esa o‘yinni global ma’noda yaxshiroq o‘qiydi», – deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Ma’lumot uchun, chorshanba kuni «shaharliklar» Premyer-liga doirasida «Kristal Pelas»ni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi. Ushbu bahsda Fil Foden ikkita golli uzatmani amalga oshirib, jamoasi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva joriy mavsum yakunlangach, «Manchester Siti» bilan xayrlashishi kutilmoqda.

Kiritildi: 11:10, 14.05.2026.
O'qildi: 498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик