Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» debyutanti: «Bu hayotimdagi eng baxtli kunlardan biri»

«Barselona» debyutanti: «Bu hayotimdagi eng baxtli kunlardan biri»

Baho:
+ | -

«Barselona» markaziy himoyachisi Alvaro Kortes La Liga doirasida «Alaves»ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 21 yoshli futbolchi chempionlarning minimal hisobdagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan o‘yinda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Garchi jamoa imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, Kortes uchun bu bahs tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

«Debyutim? Bu hayotimdagi eng yaxshi kunlardan biri. Bolaligimdan shu haqda orzu qilardim. Tug‘ilganimdan beri «Barselona»ga muxlislik qilaman. Oilam va do‘stlarimning stadionda meni qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rish — men doim istagan lahzalar edi», — deydi yosh himoyachi.

Shuningdek, Kortes jamoa bosh murabbiyiga ham minnatdorchilik bildirdi:

«Menga ishonch bildirgan murabbiy Flikka, barcha xodimlarga va jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Men bundan faxrlanaman va yangi g‘alabalarni intiqlik bilan kutaman».

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» o‘tgan turda madridlik «Real»ni mag‘lub etib (2:0), muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan edi. Shu sababli Xans-Diter Flik ushbu uchrashuvda bir qator yosh futbolchilarga imkoniyat taqdim etdi.

Kiritildi: 11:23, 14.05.2026.
O'qildi: 538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик