Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fil Foden «Arsenal» bilan chempionlik poygasidagi vaziyat haqida gapirdi

Fil Foden «Arsenal» bilan chempionlik poygasidagi vaziyat haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng «shaharliklar» peshqadam «Arsenal» bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirishdi.

Shunga qaramay, chempionlik taqdiri hamon «kanonirlar» qo‘lida: London klubi qolgan ikki o‘yinda g‘alaba qozonsa, 22 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritadi.

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.

«Biz «Arsenal»ga bosim o‘tkazishda davom etishimiz, ularni hayajonda ushlab turishimiz kerak. So‘nggi turda har qanday voqea sodir bo‘lishi mumkin. Men buni ko‘p marta boshdan kechirganman: ba’zan hammasi omadsiz tugayotgandek tuyuladi, lekin yakunda g‘alaba qozonamiz. Xullas, biz o‘z ishimizni qilishda davom etishimiz shart», – dedi Foden Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, APLning so‘nggi ikki turida «Siti» «Bornmut» va «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi. Ungacha esa Xosep Gvardiola shogirdlari Angliya Kubogi finalida «Chelsi» bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 11:27, 14.05.2026.
O'qildi: 574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик