Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiol Fodenning noyob qobiliyati haqida: «U tor doirada mo‘’jiza yarata oladi»

Gvardiol Fodenning noyob qobiliyati haqida: «U tor doirada mo‘’jiza yarata oladi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol «Kristal Pelas» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng jamoadoshi Fil Fodenning mahoratiga yuqori baho berdi. Foden uchrashuvning birinchi bo‘limida ikkita golli uzatmani amalga oshirib, «shaharliklar»ning chempionlik poygasida qolishini ta’minladi.

Gvardiol ingliz futbolchisining maydondagi noyob qobiliyatini alohida e’tirof etdi.

«Biz Filning kichik maydonda, tor doirada qanchalik kuchli ekanini bilamiz. U bilan birga o‘ynash menga juda yoqadi. U istalgan lahzada kutilmagan vaziyat yarata oladi — bugun bizga aynan shu narsa kerak edi. Ajoyib pas. Barakalla, birodar!» – deya Gvardiolning so‘zlarini keltiradi City Report.

Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabadan so‘ng Xosep Gvardiola shogirdlari navbatdagi muhim bahsga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Shanba kuni, 16 may sanasida «Manchester Siti» Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:29, 14.05.2026.
O'qildi: 464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик