Rimning «Lasio» klubi Italiya Kubogi finalida Milanning «Inter» jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rimliklar bosh murabbiyi Maurisio Sarri mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib, jamoasi yo‘l qo‘ygan xatolarga to‘xtaldi.
Sarrining fikricha, «Lasio» raqibga gollarni «tuhfa qilgan».
«Biz raqibga ikkita sovg‘a berdik va shu bilan hammasi barbod bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinga qaytish uchun imkoniyatlarimiz bor edi, lekin ulardan foydalana olmadik. Qolaversa, tan olish kerak, biz o‘zimizdan ancha kuchli bo‘lgan jamoaga qarshi o‘ynadik», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi cittaceleste.it.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» ushbu g‘alaba orqali joriy mavsumda «oltin dubl» qayd etdi — jamoa ham mamlakat chempionati, ham kubok bahslarida zafar quchdi. «Lasio» esa oxirgi marta 2019 yilda Italiya Kubogida g‘olib chiqqan edi.













