Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xasselbaynk Xabi Alonsoning «Chelsi»dagi ehtimoliy kelajagi haqida gapirdi

Xasselbaynk Xabi Alonsoning «Chelsi»dagi ehtimoliy kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» klubi sobiq hujumchisi Jimmi Floyd Xasselbaynk madridliklar sobiq ustozi Xabi Alonsoning London klubi boshqaruviga kelishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Hasselbaynkning fikricha, ispaniyalik mutaxassisning «Real»dagi faoliyati muvaffaqiyatsiz bo‘lmagan, biroq uning o‘ziga xos boshqaruv uslubi bor.

«Menimcha, Alonso «Real»da yomon ishlamadi. Gap shundaki, u jamoani o‘z qarashlari bo‘yicha boshqarishni xohlaydi va futbolchilar unga to‘liq ergashishi kerak deb hisoblaydi. Yulduz futbolchilar bilan ishlashda esa klubning qo‘llab-quvvatlashi zarur. Agar «Chelsi» uni tanlasa, jilovni to‘liq uning qo‘liga topshirishi kerak. Doim aytganman: kimni murabbiy etib tayinlasang, unga boshqarish imkonini ber. Futbolchilar qarorni murabbiy qabul qilishini bilishlari lozim», — dedi Xasselbaynk Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2025 yilning yozidan 2026 yilning yanvariga qadar «Real Madrid»ni boshqargan edi. Ungacha esa mutaxassis Leverkuzenning «Bayer» jamoasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 12:54, 14.05.2026.
O'qildi: 566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик