«Inter» 8 yil ichida «oltin dubl» qayd etgan ilk Italiya klubiga aylandi.
Kristian Kivu shogirdlari Italiya Kubogi finalida «Lasio» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqishdi. Avvalroq milanliklar Italiya chempionligini ham naqd qilishgan edi.
Shu tariqa, 2017/18 yilgi mavsumdan buyon birorta ham Italiya klubiga bir mavsumda ikkita asosiy turnirda g‘olib chiqish nasib etmayotgandi. O‘shanda «Yuventus» mamlakat chempionati va Kubogida zafar quchgan edi.













