«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Yurryen Timberning UEFA Chempionlar ligasi finaligacha sog‘ayib qaytishi borasida ehtiyotkorona optimizm bildirdi. Futbolchi ikki oydan beri chov sohasidagi jarohatidan tiklanmoqda.
«Imkoniyat bor, lekin u qanchalik yuqori ekanini ayta olmayman. U imkon qadar tezroq qaytish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. So‘nggi kunlarda ijobiy siljish bor, u o‘zini yaxshi his qilmoqda», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Shuningdek, Timber va Uayt bo‘lmagan taqdirda, o‘ng qanotda Kristian Moskera yoki chap qanot himoyachisi Rikkardo Kalafyori o‘ynashi mumkinligi qayd etilgan.













