Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» «Barselona» bilan bog‘liq mish-mishlar fonida Joao Pedro bo‘yicha qaror qabul qildi

«Chelsi» «Barselona» bilan bog‘liq mish-mishlar fonida Joao Pedro bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

So‘nggi haftalarda matbuotda hujumchi Joao Pedroning «Barselona»ga o‘tishi borasida xabarlar faol tarqalayotgan edi. Biroq «Chelsi» braziliyalik futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi.

The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, «Chelsi» Pedroni sotishni rejalashtirmayapti va klub o‘yinchi bo‘yicha tushadigan hech qanday taklifni ko‘rib chiqmaydi.

Joao Pedro o‘tgan yozda «Brayton»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. O‘shandan beri hujumchi 51 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 23 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. 24 yoshli futbolchining «aristokratlar» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali hujumchini 75 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:12, 14.05.2026.
O'qildi: 993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик