Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Barsa» Alvares o‘rniga Joao Pedroni sotib olishi mumkin

«Barsa» Alvares o‘rniga Joao Pedroni sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Xulian Alvares o‘rniga Joao Pedro nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, «Atletiko» hujumchisi Alvares uzoq vaqt davomida kataloniyaliklarning asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Biroq argentinalik futbolchining transferi bilan bog‘liq qiyinchiliklar sababli klub boshqa variantlarga o‘tishga majbur bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra:

«Blaugrana» Alvares uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor edi, biroq «PSJ» bundan ham kattaroq summa taklif qilishi mumkin.

«Atletiko» futbolchini o‘z safida saqlab qola olmasligiga ko‘zi yetgan, lekin uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchisiga sotishni istamayapti.

Shu sababli «Barselona» sport direktori e’tiborini «Chelsi» hujumchisi Joao Pedroga qaratgan. Uning transferi 70 million yevroga baholanmoqda. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchining vakillari bilan allaqachon bog‘lanishgan. Agar «Chelsi» mavsum yakuniga ko‘ra yevrokuboklarga yo‘llanma ololmasa, «Barsa» uni qo‘lga kiritish uchun bor kuchini ishga soladi.

Joriy APL mavsumida Joao Pedro 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:39, 14.05.2026.
O'qildi: 1716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик