Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik ter Shtegen borasida qaror qabul qildi

Flik ter Shtegen borasida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -2

Yanvar oyida darvozabon Mark-Andre ter Shtegen «Barselona»dan «Jirona»ga ijara asosida o‘tgan edi. Nemis posboni bir nechta o‘yin o‘tkazgach, jarohat oldi va shundan beri maydonga tushmayapti.

The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ter Shtegen kelasi mavsum uchun uning rejalariga kirmasligini aniq bildirgan. Endilikda tajribali darvozabon o‘z kelajagi haqida jiddiy bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi.

Mark-Andre ter Shtegenning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali 34 yoshli posbonni hozirda 4 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Flik qo‘l ostidagi «Barselona» yaqinda qatorasiga ikkinchi bor Ispaniya chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 20:28, 14.05.2026.
O'qildi: 1563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик