Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Anvar G‘ofurov: «Nimagadir o‘yinimiz qovushmadi va men tushunmagan vaziyatlar ko‘p bo‘ldi»

Anvar G‘ofurov: «Nimagadir o‘yinimiz qovushmadi va men tushunmagan vaziyatlar ko‘p bo‘ldi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Surxon" bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov O‘zbekiston kubogi 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Kattaqo‘rg‘on"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz?

— Kattaqo‘rg‘on jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi o‘yindagi xatolar uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, chunki tarkibni men tanlayman. Birinchi bo‘limda jamoamiz ko‘rsatgan o‘yin umuman yoqmadi. Nimagadir o‘yinimiz qovushmadi va men tushunmagan vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Tarkibda ayrim futbolchilarga imkoniyat berdik. “Paxtakor”ga qarshi o‘yindan farqli ravishda o‘zgarishlar qilgan edik, ammo ayrim futbolchilar bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalana olishmadi, deb o‘ylayman.

— “Paxtakor”ga qarshi o‘yindagi shijoat va intilish bugungi bahsda ko‘rinmadi. Qariyb 80 daqiqa davomida jamoa harakatida aniq maqsad sezilmadi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

— Men uchun ham bu qiziq bo‘ldi. Birinchi bo‘limda jamoani umuman tanimadim. Ikkinchi bo‘limda esa 11 kishi qilishi kerak bo‘lgan ishni 10 kishi bajara oldi. Ishonamanki, biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olamiz. Bugungi bahsni chuqur tahlil qilamiz va bunday xatolarni boshqa takrorlamasligimiz kerak. Maydonga tushgan har bir futbolchi jonini berib o‘ynashi shart. Chunki u shu jamoa libosini kiyyapti va barchamiz shu soha orqali oilamizni boqyapmiz. Shuning uchun maydonda bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak.

— O‘zbekiston milliy terma jamoasi tayyorgarlik yig‘ini doirasida ikki mahalliy jamoaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va ulardan biri “Surxon” edi. Buni jamoaning o‘yini shakllangani va yaxshi sparring raqib ekanligi bilan izohlash mumkinmi?

— Albatta, boshqa sabab yo‘q. Terma jamoa ham raqibni shunchaki tanlamaydi. Ular jamoalarni o‘rganib chiqib, o‘zlariga mos raqibni tanlaydi. Biz esa bu tanlovdan xursandmiz. Jamoada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p va buni murabbiy sifatida tan olaman. Men istagan jamoani shakllantirish uchun hali ko‘p ishlashimiz kerak. O‘ylaymanki, vaqt talab qilinadi va birinchi davra oxiriga qadar jamoa yaxshi tomonga o‘zgaradi.

— Jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun iqtisodiy barqarorlik ham muhim. Bu yil moliyaviy muammolar ko‘p muhokama qilindi va “Surxon”da ham shunday holat kuzatilgan edi. Hozirgi vaziyat qanday?

— Rahbariyat tomonidan moliyaviy muammolar bartaraf etildi va bu uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Ammo moliyaviy holat jamoa o‘yiniga ta’sir qilmasligi kerak. Balki bugungi o‘yinga tayyorgarlikda xatolar bo‘lgandir yoki men murabbiy sifatida ayrim narsalarni futbolchilarga to‘g‘ri yetkaza olmagandirman. Lekin bunday holatlar professional futbolchi uchun bahona bo‘lmasligi kerak.

— Bugungi o‘yindan keyin jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Chunki navbatdagi raqib — “Paxtakor”.

— Bugungi o‘yin men uchun ham katta dars bo‘ldi. Har bir uchrashuvdan xulosa chiqaraman. Rotasiya— yaxshi narsa, agar kam o‘ynayotgan futbolchilar berilgan imkoniyatdan unumli foydalansa. Bunday holatda ham futbolchi, ham jamoa yutadi. Agar aksincha bo‘lsa, demak murabbiy xato qilgan bo‘ladi. Men kam o‘ynagan futbolchilarga imkoniyat berish kerak, deb o‘ylagandim va ular bu imkoniyatdan yaxshi foydalanadi, deb ishongandim. Ammo bo‘lgan ish bo‘ldi. Bu men uchun ham katta xulosa va o‘ylash uchun saboq bo‘ldi. Keyingi o‘yinlarda bunday holat takrorlanmasligi uchun ishlaymiz”, — dedi Anvar G‘ofurov.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 22:46, 14.05.2026.
O'qildi: 182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик