"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo jamoani tark etishdan manfaatdor emas. Urugvaylik futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibidagi joyini yo‘qotdi, biroq kelajakda Xans-Diter Flikni o‘z qobiliyatiga ishontira olishiga hamon ishonyapti.
Mundo Deportivo nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi hech qayerga ketishni istamayapti — u keyingi mavsumda klubda qolishini aniq bildirgan. Ronald Arauxoning "Barselona" bilan shartnomasi 2031 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Kataloniya grandi sardori 36 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga to‘rtta gol urdi. Avvalroq "Barsa" o‘yinchini sotishga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.













