Amerikalik yarim himoyachi Kristian Pulishich maktab yillari Yevropa futbolidagi voqealardan butunlay uzilgan holda o‘tganini yodga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Chempionlar ligasi o‘yinlarini muhokama qilish uchun maktabda hech kim bo‘lmagan.
«Maktabda hech kim Yevropa futboli haqida gapirmasdi. Ular nari borsa AQSHda Jahon chempionati o‘tkazilishini bilishar va Amerika terma jamoasiga muxlislik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishardi. Ammo maktab menga qimmatli bilimlar berdi. Men muomala madaniyatini va sabr-toqatli bo‘lishni o‘rgandim», — deya Pulishichning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Kristian Pulishich Italiya Seriya A chempionatida «Milan» sharafini himoya qilmoqda.













