Kirish Ro'yxatdan o'tish

Brunu Fernandesh: «Rays «Manchester Yunayted»da o‘ynashi kerak edi, u «Arsenal»ni tanlaganidan xafa bo‘ldim»

Brunu Fernandesh: «Rays «Manchester Yunayted»da o‘ynashi kerak edi, u «Arsenal»ni tanlaganidan xafa bo‘ldim»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi sardori Brunu Fernandesh yarim himoyachi Deklan Raysni o‘z jamoasida ko‘rishni juda ham xohlaganini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi a’zosi 2023 yilning yozida «Vest Xem»dan «Arsenal»ga qariyb 117 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

«Men har doim Raysni «Manchester Yunayted»da o‘ynashi kerak bo‘lgan futbolchi deb hisoblaganman. U «Arsenal»ni tanlaganida juda qattiq xafa bo‘ldim. Menga har doim u klubimizga ideal darajada mos keladigandek tuyulardi», — deya Brunu Fernandeshning so‘zlarini keltirmoqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs.

E’tiborli jihati, Deklan Rays va Brunu Fernandesh ayni damda Premyer-liganing joriy mavsumdagi «Eng yaxshi futbolchisi» nomi uchun asosiy da’vogarlar qatorida o‘zaro raqobatlashmoqda.

Kiritildi: 13:17, 15.05.2026.
O'qildi: 1007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик