Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Didye Desham Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligiga shama qildi

Didye Desham Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligiga shama qildi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH-2026 dan so‘ng faoliyatini Italiya milliy jamoasida davom ettirishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Tajribali mutaxassis joriy yilgi Jahon chempionati yakunlanganidan keyin o‘z lavozimini tark etishi kutilmoqda.

«Yaqin orada men erkin agentga aylanaman, bundan hammaning xabari bor. Italiya? Hech qaysi variantni istisno qilmayman. Ammo hozircha bu mening rejalarimga kirmaydi. Voqealar rivojini kuzatish kerak», — deya Deshamning so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport.

Eslatib o‘tamiz, Didye Desham 2012 yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib keladi va 2018 yilgi mundialda jamoani jahon chempionligiga yetaklagan.

O‘z navbatida, ketma-ket uchinchi marotaba Jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qolgan Italiya terma jamoasida ayni damda bosh murabbiylik kursisi bo‘sh turibdi. Saralashdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Djennaro Gattuzo «Skuadra Adzurra» boshqaruvini tark etgan edi.

Kiritildi: 13:33, 15.05.2026.
O'qildi: 361 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик