Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Benfika» Mourinyoga yangi shartnoma taklif qildi

«Benfika» Mourinyoga yangi shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

Portugaliyaning «Benfika» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif olganini tasdiqladi. Bu haqda «Madrid Universal» nashri xabar bermoqda.

«Ha, chorshanba kuni «Benfika»dan shartnomani uzaytirish borasida taklif oldim. Uni agentimga topshirishdi, lekin men hozircha uni ko‘rishni va muhokama qilishni istamadim. Bu ishni faqat yakshanbadan keyin amalga oshiraman», — dedi Mourinyo.

«Real Madrid»ga kelsak, klubdan hech kim menga biror taklif bilan chiqmadi — na prezident va na boshqa birov. Ammo shunday bo‘lgan taqdirda ham, javobim o‘sha-o‘sha bo‘lardi», — deya ta’kidladi murabbiy.

Chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda «Benfika» uchinchi o‘rinda bormoqda va «Sporting»dan 2 ochko ortda qolmoqda. Mavsumning so‘nggi o‘yini «Eshtoril»ga qarshi 16 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:20, 15.05.2026.
O'qildi: 176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик