Angliyaning «Brentford» klubi rasmiy saytida Avstriyaning «RB Zalsburg» jamoasi himoyachisi Yannik Shusterning transferini e’lon qildi.
«19 yoshli futbolchi 2031 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Shartnomada uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Markaziy himoyachi G‘arbiy Londonga «Zalsburg»ning asosiy tarkibida mustahkam o‘rin egallab yetib keldi. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Avstriyaning 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblangan Shuster, shuningdek, joriy mavsumda Yevropa Ligasida uch bor ishtirok etdi. Jumladan, Premyer-liga vakili «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi», — deyiladi klub xabarida.













