Kirish Ro'yxatdan o'tish

UFC. Ngannu: Men MMA tarixidagi eng yaxshi jangchiman

UFC. Ngannu: Men MMA tarixidagi eng yaxshi jangchiman

Baho:
+ | -

UFC’ning og‘ir vazndagi sobiq chempioni Frensis Ngannu aralash yakkakurashlarga qaytishi oldidan balandparvoz bayonot berib, o‘zini MMA tarixidagi eng yaxshi jangchi deb atadi.

«Men MMA tarixidagi eng yaxshi jangchiman. Ha, ma’lum bir vaqtda bor e’tiborimni boksga qaratgan edim. Lekin qaytish men uchun oson bo‘ldi. Farqni his qildim, boshqa yo‘nalishga nazar soldim. Boksda ham astoydil mashq qilganman. Endi esa qo‘limdan nima kelishini ko‘rsatib qo‘yaman», — dedi Frensis Ngannu matbuot anjumanida.

Ngannu Most Valuable Promotions (MVP) ligasi turnirining markaziy janglaridan birida braziliyalik Felipe Linsga qarshi oktagonga tushadi. Jang 16 maydan 17 mayga o‘tar kechasi Los-Anjelesda (AQSH) bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:12, 15.05.2026.
O'qildi: 743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик