Kirish Ro'yxatdan o'tish

Edvin van der Sar Alissonning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Edvin van der Sar Alissonning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» klubi sobiq darvozaboni Edvin van der Sar «Liverpul» posboni Alisson Bekerning Turinning «Yuventus» klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Beker dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi. U yuqori saviyadagi futbolchi. Men uning «Liverpul»dagi o‘yinlariga hamisha qoyil qolganman. «Yuventus» uchun Alisson juda ishonchli variant bo‘la oladi. Unda Italiyada to‘p surish tajribasi bor, bu esa unga moslashib ketishda yordam beradi», – deya sobiq golkiperning so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport nashri.

Alisson 2018 yilning yozidan buyon Liverpul shahri jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyi yakunida nihoyasiga yetadi, uning transfer bozoridagi narxi esa 17 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:43, 16.05.2026.
O'qildi: 451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик