Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» «Chelsi»dan hujumchini tortib olmoqchi

«Manchester Yunayted» «Chelsi»dan hujumchini tortib olmoqchi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Bolonya» klubiga tegishli bo‘lgan 26 yoshli hujumchi Jonatan Rou tumanli Albionga (Angliyaga) ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» hujumchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Italiya tomoni, o‘z navbatida, agar Rou uchun taxminan 40–45 million yevro taklif qilinsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor. «Qizil iblislar»dan tashqari, Londonning «Chelsi» klubi ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda Jonatan 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning «Bolonya» bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:50, 16.05.2026.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик