Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «Kubokni yutsak ham bayram qilmaymiz»

Gvardiola: «Kubokni yutsak ham bayram qilmaymiz»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Kubogi finalida «Chelsi» ustidan g‘alaba qozonilgan taqdirda ham, jamoaning bayram qilishga vaqti bo‘lmasligini ma’lum qildi. «Shaharliklar» bugunning o‘zidayoq «Uembli» stadionida «ko‘klar» bilan kubok uchun bahs olib borishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

«Agar Angliya Kubogini qo‘lga kiritsak, bizda hatto bu g‘alabani nishonlash imkoniyati ham bo‘lmaydi. Chunki darhol uyga qaytib, navbatdagi "final"ga tayyorgarlikni boshlashimiz kerak», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida Premyer-liganing 37-turidan o‘rin olgan «Bornmut»ga qarshi o‘yinni nazarda tutib. «Afsuski, zamonaviy futbol shunday tuzilgan. Haqiqat mana shundan iborat», — deya qo‘shimcha qildi ispaniyalik mutaxassis.

«Manchester Siti» chempionat tugashiga ikki tur qolganda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Arsenal»dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 11:19, 16.05.2026.
O'qildi: 620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик