Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano: Xabi Alonso «Chelsi» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazdi

Fabrisio Romano: Xabi Alonso «Chelsi» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq ustozi Xabi Alonso Londonning «Chelsi» klubi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqdagi ma’lumotni nufuzli insayder Fabrisio Romano e’lon qildi.

Manbaning xabar berishicha, «ko‘klar» rahbariyati yaqin orada uzil-kesil qarorga keladi. Klub Jahon chempionati startiga qadar yangi bosh murabbiyni tayinlashni rejalashtirmoqda, shu sababli muzokaralar tezlashtirilgan tartibda olib borilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Chelsi» Andoni Iraola, Oliver Glasner va Marku Silva bilan ham suhbatlashgan.

Angliya Premyer-ligasining 36 turidan so‘ng «Chelsi» 49 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 11:34, 16.05.2026.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик