Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» nima uchun aynan Joze Mourinyo nomzodini tanlagani ma’lum bo‘ldi

«Real» nima uchun aynan Joze Mourinyo nomzodini tanlagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madridning «Real» klubida Alvaro Arbeloani almashtiradi. Tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilgan va yaqin orada shartnoma rasmiylashtiriladi, bu haqda bir qator nufuzli manbalar xabar bermoqda.

Marca nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati bir qator muvaffaqiyatsizliklar va mojarolardan so‘ng jamoaning muammoli kiyinish xonasida faqatgina u tartib o‘rnata oladi deb hisoblagani uchun ham «The Special One» foydasiga tanlov qilgan. Joze Mourinyu avval ham — 2010 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan davrda «Real»ni boshqargan edi. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassisga klubning transfer masalalarida ham yakuniy qaror qabul qilish huquqi berilishi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 11:39, 16.05.2026.
O'qildi: 2438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик