Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pep Gvardiola kutilmaganda «Manchester Yunayted» futbolchisini o‘zining sevimli o‘yinchilaridan biri deb atadi

Pep Gvardiola kutilmaganda «Manchester Yunayted» futbolchisini o‘zining sevimli o‘yinchilaridan biri deb atadi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Manchester Yunayted» futbolchisi Lyuk Shouni alohida e’tirof etdi. Shanba kuni «Uembli» stadionida Angliya Kubogi finali bo‘lib o‘tadi va unda «shaharliklar» «Chelsi»ga qarshi bahs olib borishadi.

O‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ispaniyalik mutaxassis «Siti»ning yaqinda Angliya yoshlar Kubogi finalida «Manchester Yunayted» ustidan qozongan g‘alabasi haqidagi savolga javob berar ekan, «qizil iblislar»ning chap qanot himoyachisini o‘zining eng sevimli futbolchilaridan biri deb atadi.

«Manchester Siti» va «Chelsi» o‘rtasidagi bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi. Eslatib o‘tamiz, Gvardiola jamoasi avvalroq finalda «Arsenal»ni mag‘lub etib, Liga Kubogini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 11:43, 16.05.2026.
O'qildi: 2700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик