Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo «Real»da o‘z prinsiplaridan voz kechmaydi: Yulduzlar zaxiraga mixlanishi mumkin

Mourinyo «Real»da o‘z prinsiplaridan voz kechmaydi: Yulduzlar zaxiraga mixlanishi mumkin

Baho:
+ | -

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Madridning «Real» klubi boshqaruvini qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, o‘z prinsiplaridan voz kechmaydi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Mourinyuning jamoada erkatoylari (sevimli o‘yinchilari) bo‘lmaydi. Xuddi «Real»dagi birinchi faoliyati davridagidek, mutaxassis jamoadagi maqomidan qat’i nazar, uning qarorlariga shubha bilan qaragan har qanday futbolchini zaxiraga o‘tqazib qo‘yishga tayyor. Agar mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, Mourinyoning «Real»ga qaytishi 99,9 foizga hal bo‘lgan masala.

Ayni paytda «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hisoblanadi. Uning qo‘l ostida jamoa La Ligada 80 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:57, 16.05.2026.
O'qildi: 1718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик