Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bernardu Silva nima uchun «Arsenal»ni yoqtirmasligini aytdi

Bernardu Silva nima uchun «Arsenal»ni yoqtirmasligini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempionatida g‘olib chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turgan «Arsenal» haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Mavsum yakunini belgilab beruvchi so‘nggi ikki tur qolayotgan bir paytda «Manchester Siti» «kanonirlar»dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.

«Arsenal» rivojlanmoqda. Ushbu tarkib birgalikda allaqachon qancha… besh yildan beri o‘ynayapti. Shunday ekan, ularning ulg‘aygani va sovrinlar uchun kurasha boshlagani tabiiy hol. Yo‘q, ular menga yoqmaydi. Men «Siti»dagi butun faoliyatim davomida bizning eng asosiy raqobatchimiz «Liverpul» bo‘lgan deb hisoblayman. Shuningdek, — garchi bu juda sub’ektiv fikr ekanligini tushunsam-da — agar o‘tish mavsumi va yo‘l qo‘yilgan xatolar bo‘lmaganida, biz bu chempionatda g‘olib chiqqan bo‘lardik. Bu oson bo‘lardi demoqchi emasman, lekin baribir yutardik», — dedi Silva The Athletic nashriga.

Shanba, 16 may kuni «Manchester Siti» Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:25, 16.05.2026.
O'qildi: 1203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик