Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» futbolchisi «Real» ustidan qozonilayotgan ketma-ket g‘alabalarning jamoa uchun ahamiyatini tushuntirdi

«Barselona» futbolchisi «Real» ustidan qozonilayotgan ketma-ket g‘alabalarning jamoa uchun ahamiyatini tushuntirdi

Baho:
+1 | -

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes «ko‘k-anorranglilar»ning Madridning «Real» klubiga qarshi bahslardagi muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi. Kataloniya klubi so‘nggi sakkizta «El-Klasiko»ning yettitasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

«Bu biz uchun juda katta ahamiyatga ega. Biz bolaligimizdanoq "Barselona"ga muxlislik qilamiz. Akademiya bitiruvchilari "Barsa" ruhiyati bilan ulg‘ayishgan. Sovrinlar yutish odamga zavq bag‘ishlaydi, ammo "Real" ustidan qozonilgan g‘alabalar — bu butkul bo‘lakcha tuyg‘u», — deya ispaniyalik yarim himoyachining so‘zlarini keltirmoqda Marca gazetasi.

Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni «Barselona» o‘z uyi — «Kamp Nou» stadionida «qirollik klubi»ni qabul qilgan edi. Xans-Diter Flik shogirdlari prinsipial raqibni 2:0 hisobida mag‘lub etishdi. Ushbu g‘alaba evaziga «ko‘k-anorranglilar» muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishdi.

Kiritildi: 12:36, 16.05.2026.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик