Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pavar «Inter»ga qaytadi, ammo...

Pavar «Inter»ga qaytadi, ammo...

Baho:
+ | -

Markaziy himoyachi Benjamen Pavar «Marsel»dan «Inter»ga qaytadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli fransuz ijara muddati yakunlanganidan keyin «Marsel»da qolmaydi. Futbolchi «Inter» ixtiyoriga qaytadi, biroq u bosh murabbiy Kristian Kivuning rejalariga kirmaydi (bu haqda avvalroq ham xabar berilgan edi). Ta’kidlanishicha, Milan klubi shu yozda himoyachini sotib yuborish ustida ish olib boradi.

Joriy mavsumda Pavar «Marsel» safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Pavarning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchini 15 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 12:38, 16.05.2026.
O'qildi: 1122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик