Kirish Ro'yxatdan o'tish

40 yoshli Noyer nima uchun «Bavariya»da qolishga qaror qilganini aytdi

40 yoshli Noyer nima uchun «Bavariya»da qolishga qaror qilganini aytdi

Baho:
+ | -

Manuel Noyer «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish sabablarini tushuntirdi. Bugun darvozabon Myunxen klubi bilan 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan yangi bitimga imzo chekdi.

– Manuel, endi hammasi rasmiylashdi: siz «Bavariya» bilan shartnomangizni yana bir yilga uzaytirdingiz. Bundan qanchalik mamnunsiz?

– Men juda ham xursandman! Bir qarorga kelishim uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi — shunchaki shoshilishni istamadim. Bu, birinchi navbatda, men uchun, lekin albatta klub va jamoa uchun ham juda muhim qaror edi. Hozir ushbu qarorim to‘g‘ri bo‘lganiga to‘liq ishonchim komil.

– Agar xulosa qiladigan bo‘lsak — nima uchun Manuel Noyer «Bavariya» bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi?

– Chunki men uchun bu yerda hamma narsa ideal darajada: bizda ajoyib murabbiylar shtabi va fantastik tarkib bor. Men o‘z qiymatimni yana bir bor isbotlay oldim. Biz hatto eng yuqori darajada ham istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz, — dedi Noyer.

Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 40 yoshli darvozabon 21 ta o‘yinda maydonga tushib, ularning 7 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 12:50, 16.05.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик