Kirish Ro'yxatdan o'tish

Malinovskiy yangi klubini tanladi

Malinovskiy yangi klubini tanladi

Baho:
+ | -

Ukrainalik yarim himoyachi Ruslan Malinovskiy 2025/26 yilgi mavsum yakunida «Jenoa»ni tark etadi. Tajribali futbolchi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi.

Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, yarim himoyachining yangi klubi «Trabzonspor» bo‘ladi. Ruslan jamoa safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. Malinovskiy uch yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Italiya A Seriyasining joriy mavsumida yarim himoyachi «Jenoa» safida 33 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ukrainalik futbolchi o‘z hisobiga oltita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi, shuningdek, o‘nta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 14:28, 16.05.2026.
O'qildi: 857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик