Kirish Ro'yxatdan o'tish

Estevaoga operasiya kerak emas

Estevaoga operasiya kerak emas

Baho:
+1 | -

Londonning «Chelsi» klubi hujumkor yarim himoyachisi Estevao Villian jiddiy jarohatdan qutilib qoldi. Bu haqda BBC jurnalistlari xabar bermoqda.

Vingerning jarohatlangan sonida jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga zarurat yo‘q. 19 yoshli braziliyalik futbolchi taxminan bir oy oldin «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda (0:1) jarohat olgan edi.

Ta’kidlash joizki, ushbu jarohat tufayli Estevao Braziliya terma jamoasining JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilmagan edi. Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida vinger 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 14:30, 16.05.2026.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик