Kirish Ro'yxatdan o'tish

FIFA Bosh kotibi Eronga Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun kafolat bermoqchi — Reuters

FIFA Bosh kotibi Eronga Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun kafolat bermoqchi — Reuters

Baho:
+ | -

FIFA bosh kotibi Mattias Graffstrom shanba kuni Istanbulda Eron FA (FFIRI) rasmiylari bilan uchrashadi va Eronning Jahon chempionatidagi ishtiroki bo‘yicha “kafolat” bermoqchi. Bu haqda muzokaralardan xabardor manbaga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, FIFA turnirning barcha ishtirokchilariga xavfsiz sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash maqsadida JCHga mezbon mamlakatlarning tegishli hokimiyat organlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj avvalroq terma jamoaning biror-bir a’zosiga AQSHga kirish uchun viza berilmagani sababli milliy jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichidagi ishtiroki so‘roq ostida qolayotganini ma’lum qilgan edi.

Mehdi Tojning Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusi (IIQK) bilan aloqalari sababli Vankuverda (Kanada) bo‘lib o‘tgan FIFA kongressiga kiritilmaganidan so‘ng, qo‘shimcha kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Jahon chempionatida Eron “G” guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiyaga qarshi o‘ynaydi. Eron terma jamoasi uchala o‘yinni ham AQSHda o‘tkazishi lozim.

Avvalroq Eron terma jamoasiga AQSH vizasi berilmayotgani xabar qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:34, 16.05.2026.
O'qildi: 1342 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик