Kirish Ro'yxatdan o'tish

Unai Emeri eng buyuk taktik murabbiy nomini aytdi

Unai Emeri eng buyuk taktik murabbiy nomini aytdi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropada faoliyat yuritayotgan ispaniyalik mutaxassislar haqida fikr bildirdi va taktik jihatdan eng kuchli murabbiyni atadi.

— Yevropada ko‘plab ispaniyalik murabbiylar muvaffaqiyat qozonmoqda.
— Daraja juda yuqori. Luis Enrike, ayniqsa, «PSJ» kabi klubni boshqarish qiyinligini hisobga olsak, juda katta barqarorlik namoyon etmoqda. U ulkan ishni amalga oshirdi.

Gvardiola esa afsonaga aylangan va mening fikrimcha, u barcha davrlarning eng buyuk taktik murabbiylaridan biri. Buni u butun faoliyati davomida ko‘rsatib kelmoqda va hozir ham isbotlamoqda.

So‘nggi yillarda Mikel Arteta ham raqobatbardoshligi va professional bilimi bilan ajralib turibdi. Men ushbu uch mutaxassisdan ham ko‘p narsa o‘rgandim.

Shuningdek, Iraola ham bir necha kuchli mavsum o‘tkazdi. Inigo Peresni ham alohida ta’kidlash kerak. U «Rayo Valyekano»ni Konferensiyalar ligasi finaliga olib chiqdi. Bu juda noyob holat. Uning tajribasi va kurashchanligi yaqqol ko‘rinib turibdi, — dedi Emeri.

Eslatib o‘tamiz, «Aston Villa» Emeri boshchiligida kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etishni kafolatladi. Birmingem klubi Angliya Premyer-ligasi 2025/2026 mavsumini beshinchi o‘rindan pastda yakunlamaydi. Shuningdek, jamoa Yevropa ligasi finaliga chiqdi va hal qiluvchi bahsda Germaniyaning «Frayburg» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:44, 17.05.2026.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик